Import yoki eksport shartnomasi EEISVO da ro‘yxatdan o‘tmaguncha bank to‘lovni o‘tkazmaydi, bojxona esa tovarni rasmiylashtirmaydi. Har bir qo‘shimcha kelishuv, spetsifikatsiya, dalolatnoma va invoys ham alohida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ma’lumotlardagi bitta xato — to‘lovning kechikishi va valyuta nazorati buzilishi. Biz shartnomani tizim talablariga moslab tuzamiz, ro‘yxatdan o‘tkazamiz, keyingi barcha hujjatlarni kiritamiz va muddatlarni nazorat qilamiz.
Nimalar kiradi
- Shartnomani tizim talablariga moslash
- Qo‘shimcha kelishuv va spetsifikatsiyalar
- Dalolatnoma va invoyslarni kiritish
- Valyuta nazorati muddatlarini kuzatish