Biz raqamlarga ma’no beramiz.
Financify tadbirkorlarni buxgalteriya va soliq tashvishlaridan xalos qilish uchun tashkil etilgan. Tamoyilimiz: aniq hisob va ishonchli yechim.
Har bir tadbirkorga ishonchli moliyaviy hamkor
O‘zbekistonda soliq qonunchiligi tez o‘zgaradi, hisobotlar esa ko‘payib boradi. Biz tadbirkorlar bu o‘zgarishlar ichida adashmasligi, jarimalardan qo‘rqmasligi va biznesiga to‘liq e’tibor bera olishi uchun ishlaymiz.
- Har bir raqamda aniqlik
- Har bir munosabatda ishonch
- Uzoq muddatli hamkorlik
- Biznesingiz bilan birga rivojlanish
Bizga ishonsangiz, ishonchingizni oqlaymiz
Har bir mijoz bilan ishlashda amal qiladigan qoidalarimiz.
- Maxfiylik shartnomasi (NDA)Har bir mijoz bilan imzolaymiz. Ma’lumotlaringizga faqat sizga biriktirilgan mutaxassislar kiradi.
- Hech bir muddat o‘tkazib yuborilmaydiHar bir mijoz uchun shaxsiy soliq kalendari va oldindan eslatmalar.
- Ikki bosqichli tekshiruvHar bir hisobotni topshirishdan oldin ikkinchi mutaxassis tekshiradi.
- Shaxsiy buxgalter va zaxiraBuxgalteringiz ta’tilda yoki kasal bo‘lsa ham ish to‘xtamaydi.
Raqamlar ortidagi odamlar
Fatxullo Bobosharipov
Asoschi, bosh buxgalter
Financify asoschisi. Mijozlarga raqamlar ortidagi ma’noni tushuntirish va har bir kompaniyaga ishonchli moliyaviy hamkor bo‘lish uchun kompaniyani tashkil etgan.